Erkak bir kunda 10 doza vaksina oldi. Endi u qonun oldida javob beradi

Olam

image

Yangi Zelandiyada erkak bir kunning o‘zida 10 doza vaksina qa’bul qildi. “Stuff” nashrining ma’lum qilishicha, erkak emlash punktlariga borib bir kunning o‘zida 10 kishining nomidan vaksina qabul qilgan. Uning bu harakatlari esa aholi tomonidan “aqlbovar qilmas darajadagi ahmoqliq” deya baholanmoqda.

Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, ismi ochiqlanmayotgan erkakka boshqa odamlarning nomidan vaksina olish uchun yaxshigina haq to‘langan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirnining xabar berishicha, hozirda holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. “Bunday katta dozada vaksina olish inson sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir qiladi. Bir shaxs tomonidan bir necha odamlarning nomidan vaksina olinishi, hali vaksina olmagan odamlarni emlanganlar sifatida qayd etilib qolishiga sabab bo‘lmoqda”, deydi Astrid Kurnif.

Oklend universiteti vaksinologi Helen Petousis-Harris “tadqiqotlar hali bunday haddan ortiq miqdordagi dozada vaksina olinishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmagan, shuning uchun bir kunda 10 ta vaksina olgan odam bilan nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin”, deya matbuoutga ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Yangi Zelandiyada fuqarolar vaksina olish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatni emlash punktiga taqdim etishi shart emas. Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 5 million aholiga ega Yangi Zelandiyada hozirga qadar aholining 89 foizi to‘liq emlangan va pandemiya boshlanganidan buyon 12,500 ta virus bilan zararlanish va 46 ta o‘lim holatlari qayd etilgan. 

Mamlakatda xususiy korxonalar ham aholini emlab ularga emlanganlik haqidagi sertifikatni taqdim etishi mumkin.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing