Erik Ten Xag “United” tarkibini kuchaytirish uchun qancha pul olishi aniq bo‘ldi

Sport

image

Joriy mavsum oxirida boshlab, "Manchester Yunayted"ni boshqaradigan yangi bosh murabbiyi Erik Ten Xag yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun 140 million yevro oladi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar “qizil iblislar” keraksiz futbolchilarni sotishga muvaffaq bo‘lsa, "Manchester Yunayted"ning transfer byudjeti yanada oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ten Xagning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi joriy mavsum oxiridan kuchga kiradi va 2025 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, tomonlarning roziligi bilan bosh murabbiy bilan hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor.

“Qizil iblislar”ni hozirda Ralf Rangnik boshqarmoqda. 63 yoshli Rangnik “Manchester Yunayted”ning murabbiylik postiga 2021 yilning 3 dekabrida kelgan edi. Ralf mavsum yakunida, “Yunayted”dagi rahbarlik lavozimlaridan birini egallaydi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing