Erik Ten Xag Ronalduning harakatlaridan norozi

Sport

image

“Manchester Yunayted” klubi Ispaniyaning “Rayo Valekano” bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, durrang qayd etdi. MYU bosh murabbiyi Ronalduning harakatlaridan norozi bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” uchun ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi so‘nggi tayyorgarlik uchrashuvi edi. Portugaliyalik “yulduz” uchun bu mavsumlar oralig‘idagi birinchi o‘yin hisoblanadi. Hujumchi 45 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Ronaldu uchrashuv yakuniga yetmasdan oldin "Old Trafford"ni tark etdi. Bu esa jamoa bosh murabbiyi Erik Ten Xagga yoqmadi. 

“Men buni aniq qabul qila olmayman. Bu qabul qilinishi mumkin emas. Har bir majburiyatlar hamma uchun amal qiladi.

Biz bir jamoamiz, hamma oxirigacha qolishi kerak”, degan MYU bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” yangi mavsumda YeCHLda ishtirok etmasligi sababli Ronaldu jamoadan ketmoqchi. U hali hamon o‘ziga mos joy izlamoqda.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing