Erik ten Xag Ronaldu borasidagi qarorini e’lon qildi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsumda ham Krishtianu Ronalduni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda ten Xagning so‘zlariga tayanib, “Thye Telegraph” nashri xabar berdi.

“Ronaldu gigant, chunki u allaqachon ko‘p narsani isbotlagan. Menim-cha, hali ham Krishtianuning ambitsiyalari yuqori. Albatta, men uni “Yunayted”da saqlab qolmoqchiman. Ronaldu bu yil “Manchester Yunayted” uchun juda muhim futbolchi bo‘ldi. U ajoyib statistik ko‘rsatkich qayd eta oldi”, degan niderlandiyalik murabbiy.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UYeFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

797

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing