Turkiya maxsus xizmatlari Erdo‘g‘an qatnashgan mitingda teraktning oldini oldi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqidagi Siirt shahrida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning mitingdagi chiqishi arafasida sapyorlar politsiya mashinasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani zararsizlantirishdi. Bu haqda "Adolat va taraqqiyot" partiyasi rahbari o‘rinbosari Xamza Dag‘ CNN Türk efirida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bomba Mardinda ishlagan politsiyachining mashinasi ostiga qo‘yilgan bo‘lib, qo‘poruvchilar qurilmani mashina Siirtga yetib kelganidan so‘ng portlatishni rejalashtirgan.

“Siirtdagi mitingni sabotaj qilmoqchi bo‘lishdi. Tinch vaziyatni buzishga urinayotganlar ham bor”, degan Dag‘ bomba yo‘q qilingani, politsiya xodimlari gumonlanuvchilarni qidirayotganini qo‘shimcha qilib.

Turkiya Ichki ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, bomba Erdo‘g‘an mintaqaga kelganidan so‘ng mahalliy politsiyaga qo‘shimcha kuch sifatida biriktirilgan politsiyachining mashinasi ostiga o‘rnatilgan. Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, bombani politsiyachining do‘sti payqagan, deb xabar beradi CNN Türk.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

560

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing