Erdo‘g‘anning Ukrainaga nega borayotgani aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 16 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik 18 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainaga kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq rasmiy Anqara bu haqida so‘z ochmay kelayotgandi. 

Bugun, 17 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti saytida Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ukrainaga tashrifi xususida rasmiy axborot paydo bo‘ldi. 

“Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan 2022 yil 18 avgust kuni bir kunlik amaliy tashrif bilan Lvovga boradi. 

Prezidentning ukrainalik hamkasbi bilan o‘tkazadigan uchrashuvlarida Turkiya-Ukraina munosabatlarining strategik sheriklik darajasidagi barcha jihatlari baholanadi. 

Tashrif davomida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Unda Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish uchun yaratilgan mexanizm faoliyatini davom ettirish va Ukraina-Rossiya urushini diplomatik yo‘llar bilan tugatish yo‘lida qanday qadamlar tashlash mumkinligi muhokama qilinadi”, deyiladi Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni tarqatgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Sochiga tashrifi davomida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya qarshi Ukrainaga harbiy harakatlar boshlashidan 20 kun avval Kiyevga borib, Zelenskiy bilan bir qator masalalarni muhokama qilgandi. Ushbu uchrashuvda Putin va Zelenskiyni Istanbulda ko‘rishtirish ham kun tartibidagi masala bo‘lgan va Zelenskiy Erdo‘g‘anning bu taklifiga rozilik bildirgan

Shuningdek, ushbu uchrashuvda Ukrainada Turkiya bilan hamkorlikda uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyibyu Erdo'g'an

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar