Erdo‘g‘anning raqiblari ko‘paydi

Olam

image

Turkiyada prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun yana ikki muxolifat nomzodi 100 000 dan ortiq imzo to‘plab, ro‘yxatdan o‘tishni yakunladi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni “Haberturk” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Vatan” partiyasi raisi Muharram Inje 111 mingdan ortiq, Otaturkchilar ittifoqidan nomzod Sinan Ogan esa 107 mingdan ziyod imzo to‘play olgan. Shunday qilib, bu siyosatchilar nomzod sifatida ro‘yxatga olinishi uchun Markaziy saylov komissiyasi shartlarini bajargan. 

Ayni damda prezidentlik uchun kurashda kamida to‘rt nafar nomzod ishtirok etishini taxmin qilish mumkin. Bular amaldagi davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an, asosiy muxolifatdagi "Jumhuriyat xalq" partiyasi raisi Kamol Qilichdoro‘g‘li, Muharrem Inje va Sinan Ogan. Turkiya Oliy saylov komissiyasi Erdo‘g‘an va Qilichdoro‘g‘lini hech qanday imzolarsiz nomzod sifatida tasdiqlagan. Chunki ular parlament fraksiyalari tomonidan ko‘rsatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Oliy saylov komissiyasi 11 nomzoddan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilgan va 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashish uchun ulardan bugun, 27 martga qadar 100 ming imzo yig‘ishi kerakligi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing