Istanbul hokimi 2 yilga qamalishi mumkin
Olam
−
14 dekabr 2022
9726Istanbul sudi bugun, 14 dekabr kuni shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li ishi bo‘yicha hukm chiqardi va uni Markaziy saylov komissiyasi vakillarini haqorat qilgani uchun ikki yilu yetti oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda sud zalidan “Habertürk” telekanali xabar bermoqda.
Siyosatchi sud qarori e’lon qilinishidan avval Istanbul aholisini soat 16:00 da shahar hokimiyati joylashgan Sarachxon tumaniga kelishga chaqirdi.
“Sudning qarori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 16 millionlik Istanbulning barcha aholisini Sarachxonda kutaman”, deb yozdi u Twitter’da.
Hukm yuqori organ tomonidan tasdiqlansa, Imomo‘g‘li siyosiy faoliyatga 5 yillik taqiq qo‘yilgani sababli o‘z lavozimidan ayrilishi mumkin.
Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi vakili Imomo‘g‘liga qarshi ish 2019 yilgi Istanbul hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovlardan keyin qo‘zg‘atilgan. U 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan nomzod va sobiq Bosh vazir Binali Yildirimga raqib bo‘ldi. Biroq, Yildirim va uning partiya shahar hokimligi uchun o‘tkazilgan saylov natijalarini rad etdi, MSK tomonidan bekor qilingan birinchi saylovda ham, 23 iyun kuni o‘tkazilgan ikkinchi saylovda ham Ekram Imomo‘g‘li g‘alaba qozondi. Ayniqsa, ikkinchi saylovda yuqori ustunlik bilan muvaffaqiyatga erishdi.
Imomo‘g‘li saylovda g‘alaba qozongach, 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovni bekor qilganlarni "ahmoqlar" deb atadi.
LiveBarchasi
04 noyabr