Erdo‘g‘andan jiddiy qadam: Turkiya Prezidenti 10 mamlakat elchilarini “haydab solmoqchi”

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an huquq faoli va jamoat arbobi Usmon Kavalani qamoqdan ozod qilishga chaqirgan 10 davlat elchilarini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi. Bu haqda “Daily Sabah” yozmoqda.

“Men Tashqi ishlar vaziriga bu elchilarni imkon qadar tezroq persona non-grata (xushlanmagan) deb e’lon qilishni buyurdim”, deydi Erdo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, persona non-grata, deb e’lon qilingan diplomat, ma’lum vaqtdan kechikmay, qabul qiluvchi mamlakatni tark etishi kerak.

Dastlab, AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya elchixonalari to‘rt yil oldin, 18 oktyabrda hibsga olingan Usmon Kavalaning ozod qilinishini talab qilib, murojaatnoma tarqatdi. Ular Turkiya hukumatini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi talabini bajarishga va Kavalani qo‘yib yuborishga chaqirgan.

Murojaat e’lon qilinganidan keyin elchilar Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, mamlakat ichki ishlariga aralashishga urinishda ayblangan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun, Usmon Kavala 2017 yil noyabr oyida Istanbuldagi Gezi bog‘i atrofidagi ommaviy namoyishlar va 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan. Kavalaning ayblovlari bir necha bor ko‘rib chiqilgan, biroq u haligacha qamoqda qolmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa (IHES) sudi 2019 yilda Turkiya huquq-tartibot idoralarida Kavalani hibsda ushlab turish uchun hech qanday dalil yo‘qligi to‘g‘risida qaror chiqargan. Biroq Turkiya hukumati IHES’ning qaroriga amal qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1510

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing