Erdo‘g‘an yakshanba kuni Putin va Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilmoqchi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 9 dekabr kuni Rossiya va Ukrainadagi mavqedoshlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazish rejasini e’lon qildi. 

"Yakshanba kuni men [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putin bilan don inqirozini hal qilish masalasida gaplashmoqchiman. Xuddi shu masalani [Ukraina Prezidenti Vladimir] Zelenskiy bilan muhokama qilamiz", deydi Erdo‘g‘an Istanbulda tashkil etilgan xalqaro forumda so‘zlagan nutqida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Prezidentlari bilan suhbatlar chog‘ida u, xususan, kambag‘al mamlakatlarga don yetkazib berish masalalarini muhokama qilish niyatida.  

“Biz don yo‘lagi orqali kambag‘al mamlakatlarga g‘alla borishini istaymiz. G‘alla yo‘lagi masalasidagi inqirozni mamlakatimiz tashabbuslari tufayli yengib o‘tish mumkin”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari, Ukraina inqirozi boshlanganidan beri Turkiya uni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun harakat qilganini eslatdi.  

“Biz urushda g‘olib, tinchlikda esa mag‘lub bo‘lmasligini anglagan holda intensiv diplomatik aloqalarni olib bordik. Butun dunyoga o‘rnak bo‘la oladigan tinchlik diplomatiyasini amalga oshirdik”, deydi Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing