Erdo‘g‘an va Aliyev Zangilon xalqaro aeroportini ochib berdi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev Ozarbayjondagi Zangilon xalqaro aeroportining ochilish marosimida qatnashdi. Bu haqda “Anadolu Agency” nashri xabar bermoqda. 

Ochilish marosimda Turkiya davlati rahbari yangi havo bandargohi Ozarbayjon va butun dunyo manfaati uchun xizmat qilishiga umid bildirgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari turk kompaniyalari ishtirokida bir yarim yil ichida qurilgan aeroport hududini ko‘zdan kechirgan.

Marosimda Prezidentlarga aeroportning ramziy kalitlari topshirilgan.

Qayd etish kerakki, Zangilon xalqaro aeroporti Ozarbayjonning arman bosqinidan ozod qilingan hududlarida qurilgan ikkinchi havo bandargohidir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 oktyabr kuni Ag‘dam shahrida bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon shaharsozlik milliy forumida Prezident Ilhom Aliyev Zangilon shahrida xalqaro aeroport tez orada ochilishini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing