Erdo‘g‘an Umra ziyoratini ado qildi (video)

Olam

image

Ikku kunlik tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, 28 aprel kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudning taklifiga binoan turmush o‘rtog‘i  Emina Erdo‘g‘an bilan ikki kunlik ziyorat doirasida Saudiya Arabistoniga borgan. Dastlab Erdo‘g‘an Qirol Salmon bilan yopiq eshiklar ortida uchrashgan.

So‘ng, Turkiya Prezidenti Saudiya Arabistonida umra ziyoratini amalga oshirgan. Prezident Erdo‘g‘anga matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu, Savdo vaziri Mehmet Mush, Adliya vaziri Bekir Bozdag, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamrohlik qilgan.

Qirol Salmonning buyrug‘i bilan Turkiya Prezidenti va delegatsiyasi uchun eshiklari ochilgan Ka’bada Erdo‘g‘an namoz o‘qigan.

“Prezident Erdo‘g‘anning Ka’baga qilgan umra ziyoratidan fotosuratlarni baham ko‘rgan Esenler shahri hokimi va “I M Ak Party” guruhi raisi o‘rinbosari Mehmet Tevfik Go‘ksu “Umrangiz muborak bo‘lsin” deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tabrik yo‘lladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an bugun Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvlarini yakunlab, Turkiyaga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing