Erdo‘g‘an Turkiyada muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazishi mumkin – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada 2023 yil iyun o‘rtalariga belgilangan prezidentlik saylovlari 2022 yilning kuziga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda “Welt am Sonntag” gazetasi 21 avgust kuni Yevropa Tashqi harakatlar xizmati (YeTHX) va Yevropa Ittifoqi diplomatlari o‘rtasidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an saylovlarni muddatidan oldin o‘tkazmoqchiligi va ularning tashkil etilishi “juda tez sodir bo‘lishi” haqida ba’zi alomatlar bor.

Erdo‘g‘anning bo‘lajak saylovlarga tayyorgarligini ko‘rsatuvchi belgilar orasida diplomatlar Turkiya Prezidentining xalqaro siyosatdagi faolligi – uning Ukrainadagi urush davrida G‘arb davlatlari va Rossiya o‘rtasida faol vositachilik qilgani, Suriya yo‘nalishidagi faollashuvi va O‘rtayer dengizida turk gaz ishlab chiqarish dasturi qayta boshlanganini tilga olyapti. 9 avgust kuni “Abdulhamid Han” kemasi O‘rtayer dengizi sharqiy qismidagi konlarni o‘rganuvchi Mersin portidan jo‘nab ketdi. Bundan tashqari, avgust oyi o‘rtalarida Erdo‘g‘an shaxsan Ukrainaga tashrif buyurgan va u yerda Prezident Vladimir Zelenskiy va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgan.

Bu harakatlarning barchasi Turkiya rahbarining saylov kampaniyasi boshlanishidan oldin kuchini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, deya ta’kidlaydi nashr manbalari va Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyotining qisqa muddatli tiklanishidan keyin mamlakatda jamoatchilik kayfiyatining oshishi mumkinligini ko‘rib saylovlarni yozda o‘tkazish uchun sabab sifatida foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2023 yil 18 iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Unda amaldagi Prezident Erdo‘g‘an ham o‘z nomzodini ko‘rsatishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing