Erdo‘g‘an Turkiy kengashda Mirziyoyevga qanday maqtov aytgan edi? Prezident ochiqladi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
14843O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi ham o‘rin oldi. Unda Prezident Turkiy kengash yig‘ilishida qatnashgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan iqtibos keltirdi.
“Men Turkiy kengash yig‘ilishida ziyorat turizmi bo‘yicha birlashib harakat qilish zarurligi tashabbusi bilan chiqdim. Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an janoblari “Agar mo‘min-musulmonlarning ziyorat turizmiga to‘xtalsak, birinchi navbatda, O‘zbekiston hammamizga namuna”, deb aytdi. Biz ham buni qo‘llab-quvvatladik”, deydi Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi oqsoqollar bilan uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etgandi.
Unda Prezident Turkiy kengashga a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish, shu maqsadda Ziyorat turizmini rivojlantirish dasturini qabul qilish tashabbusini bildirgan.
LiveBarchasi