Erdo‘g‘an Suriya armiyasiga tahdid qildi

Olam

image

Turkiya Qurolli Kuchlari agar zarurat tug‘ilsa, Idlibda Suriya armiyasiga qarshi og‘ir qurol ishlatadi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Mintaqamizda operatsiyalar juda nozik nuqtalarda davom etmoqda. Biz hech qanaqasiga chekinmaymiz. Suriyadagi jarayonni davom ettirmoqdamiz. Suriya rejimi qanday chora ko‘rishini bilmayman, lekin Idlibda biz hamma kerakli narsani qilamiz. Barcha og‘ir qurollarimiz bilan javob beramiz. Vaziyatni o‘z holicha qoldirmaymiz”, degan Erdo‘g‘an 
Afrika mamlakatlaridan  qaytayotganida.

Avvalroq, Erdo‘g‘an Anqaraning Suriyadagi kurashi kelajakda butunlay boshqacha bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Turkiya armiyasi 2016-2019 yillarda Suriya shimolida uchta operatsiya o‘tkazdi: “Frot qalqoni” ISHID terrorchi guruhiga qarshi, “Zaytun novdasi” va “Tinchlik bulog‘i” kurd terrorchilariga qarshi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing