Erdo‘g‘an Shvetsiyani terrorchilarga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi
Olam
−
21 may 2022
5934Bugun, 21 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakatni “terrorchilik tashkilotlari”ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an va Andersson ikki tomonlama aloqalar va Stokgolmning NATOga a’zo bo‘lish arizasini muhokama qilgan. Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, Anqara bugungacha NATOning “ochiq eshiklar” siyosatini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Prezident NATO g‘oyasi jamoaviy xavfsizlik va alyansga a’zo mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi birdamlikka asoslanganini ta’kidlagan.
Erdo‘g‘an bir necha bor Stokgolmning Kurdiston ishchilar partiyasi, Suriya milliy kuchlari va Fathulloh Gulen terrorchi tashkiloti (PKK/PYD/YPG) terroristlari hamda ular bilan bog‘liq soxta tuzilmalarga munosabatidan xavotir bildirganini eslatgan.
Erdo‘g‘an, Shvetsiyada Fathulloh Gulen (FETO) boshchiligidagi yana bir terror tashkiloti vakillarining borligiga ham e’tibor qaratgan. Shu munosabat bilan Turkiya Prezidenti Stokgolmni terrorchilarni siyosiy, moliyaviy va mudofaa jihatdan qo‘llab-qo‘vvatlashdan voz kechishga chaqirgan.
“Anqara Shvetsiyadan Turkiyaning PKK terroristlari hamda ushbu qonli tashkilotning Suriya va Iroq bo‘limlariga nisbatan qo‘rquvini baham ko‘radigan jiddiy va aniq qadamlar kutmoqda”, deydi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, PKK/PYD/YPG terroristlarining Suriyada boshqa bir terror tashkiloti ISHID jangarilariga qarshi faol kurash olib borayotgani haqidagi iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.
Prezident Erdo‘g‘an, Suriyada “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi boshlanganidan keyin Stokgolm tomonidan Turkiya mudofaa sanoatiga qarshi joriy qilingan sanksiyalarning bekor qilinishining ahamiyatiga ham ishora qilgan.
Prezident bu operatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Anqara tomonidan mamlakat chegaralari yaqinida haqiqiy terrorchilik tahdidi yuzaga kelganiga javoban qabul qilinganini eslatgan.
LiveBarchasi