Erdo‘g‘an Turkmanistonga boryapti

Olam

image

Bugun, 13 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkmanistonga ikki kunlik tashrif bilan boradi. Bu haqda Prezident ma’muriyatining aloqa bo‘limi xabar berdi.

Erdo‘g‘an Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston o‘rtasidagi birinchi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun bormoqda. Sammit Kaspiy dengizi sohilidagi Turkmanboshi shahridagi Avaza milliy turistik zonasida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda uch davlat o‘rtasidagi hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo, energetika va transport sohalarida yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qadamlarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Natijada qator shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Erdo‘g‘an sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi aytilmoqda.

Ta’kidlash joiz, sammit dastlab o‘tgan yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing