Erdo‘g‘an Ramazondan keyin Qorabog‘ga borishni va’da qildi
Olam
−
31 mart 2021
2813Avval xabar berganimizdek, onlayn shaklda Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi. Unda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zlab, muqaddas Ramazon oyidan keyin (may oyida) Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahriga tashrif buyurish niyati borligini ma’lum qildi.
“Turkiyzabon mamlakatlarning Qorabog‘dagi turkiy yodgorliklarni himoya qilish va qayta tiklashda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi muhimdir. Umid qilamanki, tez orada Ramazon oyidan so‘ng biz Shushaga tashrif buyuramiz, bu biz uchun yana bir bayramga aylanadi”, deya va’da qildi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘an Shushaga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga kelish niyatida ekanligini aytdi.
Ma’lumot uchun, Shusha shahri 2020 yilning noyabrida Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tdi, uning Armaniston kuchlari tomonidan yo‘qotilishi kuzda avj olgan mojaroning so‘nggi voqealaridan biri bo‘ldi.
Shusha strategik mavqega ega, shahar Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Stepanakertdan 10 km janubda joylashgan. U orqali Stepanakertni Armaniston bilan bog‘laydigan yo‘l o‘tadi. Qorabog‘dagi birinchi urush paytida, 90-yillarning boshlarida shahar jiddiy zarar ko‘rgan. Hozir Shusha aholisi 4 ming kishidan sal ko‘proq.
LiveBarchasi