Erdo‘g‘an Putin ham “Bayraktar”ga xayrixoh bo‘lganini aytdi

Olam 7327
image
-

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin unga “Bayraktar” dronlarini ishlab chiqaruvchi “Baykar Makina” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan. CNN Turk’ning xabar berishicha, bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Adolat va taraqqiyot” partiyasi markaziy ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari ham “Bayraktar”ga qiziqish bildirgan va o‘z hududida dronlar ishlab chiqaradigan zavod qurishni taklif qilgan.

Ukraina harbiylari Rossiyaga qarshi urushda “Bayraktar-TB2” uchuvchisiz uchish apparatlaridan faol foydalanmoqda va ruslarga jiddiy zarar yetkazayotganini aytmoqda. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bunday dronlar yo‘q qilinayotgani haqida muntazam xabar berib boryapti. 

“Proyekt” nashri RF Mudofaa vazirligi hisobotlariga ko‘ra Ukraina armiyasidagi 20 ga yaqin “Bayraktar-TB2” yo‘q qilinganiga, lekin ukrainlardan bunday miqdorda “Bayraktar”lar arsenali yo‘qligiga e’tibor qaratgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 304
Reyting: 3
t
×