Erdo‘g‘an NATOdagi ittifoqchisiga ayblov qo‘ydi
Olam
−
25 iyul 2022
13007Gretsiya yaqinda Lozanna tinchlik shartnomasi qoidalarini, xususan turk milliy ozchiligining huquqlarini ataylab buzdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanganining 99 yilligi munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.
“2023 yilda nishonlanadigan Turkiya Respublikasi tashkil topganligining 100 yilligi va Lozanna shartnomasi imzolanganiga dadil qadamlar bilan yaqinlashayotgan Turkiya mintaqaviy va global masalalarda ham o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda”, deydi Erdo‘g‘an.
U Lozanna tinchlik shartnomasi Turkiyaning quruqlikdagi chegaralarini chizish, Gretsiyadagi turk milliy ozchiligi huquqlarini kafolatlash, Turkiya sohillari yaqinidagi Gretsiya orollarining qurolsizlantirilgan maqomini tasdiqlash imkonini berganini eslatgan.
Erdo‘g‘an o‘tgan 99 yilda Turkiya Lozanna tinchlik shartnomasi doirasidagi majburiyatlarini sinchkovlik bilan bajardi.
“Biroq, Gretsiya yaqinda Lozanna tinchlik shartnomasi qoidalarini, xususan, turk milliy ozchiligining huquqlariga oid bandlarini ataylab buzdi. Turkiya yaxshi qo‘shnichilik va kelishuvlarga sodiqlik tamoyillariga zid bo‘lgan bunday holatni qabul qila olmaydi. Anqara mintaqada barqaror tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, shuningdek, turk xalqining huquqlarini ta’minlash uchun bor imkoniyatini ishga solishga bel bog‘lagan”, degan Erdo‘g‘an.
Ma’lumot uchun, 1923 yilgi Lozanna tinchlik shartnomasi 1922-1923yillardagi Lozanna konferensiyasining asosiy yakuniy hujjatlaridan biri bo‘lib, uni 1923 yil 24 iyulda bir tomondan Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Gretsiya, Ruminiya, Serblar qirolligi, xorvatlar va slovenlar hamda boshqa tomondan Turkiya imzolagan. U 1920 yildagi Sevr shartnomasini almashtirilgan.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023