Erdo‘g‘an “Kızılelma” dunyo urush maydoniga qachondan kiritilishini ma’lum qildi
Olam
−
28 noyabr 2022
7546Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi “Kızılelma” (Qizil olma) uchuvchisiz jangari samolyotlarini keyingi yildan ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Ayni vaqtda yangi uchoqning sinov uchishlari davom etmmoqda. U bu yil birinchi parvozini amalga oshirishi taxmin qilinmoqda.
“Kızılelma”bilan bog‘liq bayonot bergan Prezident Erdo‘g‘an, milliy uchuvchisiz qiruvchi samolyotning ommaviy ishlab chiqarilishi 2023 yil oxiriga kelib boshlashini ma’lum qildi. Shu tariqa, 2024 yil oxiri yoki 2025 yil boshiga rejalashtirilgan “Kızılelma” seriyali ishlab chiqarish sanasi qayta ko‘rib chiqildi. Prezident Erdo‘g‘an tomonidan seriyali ishlab chiqarish sanasi e’lon qilingan “Kızılelma”, asosan havo-yer vazifalarini bajarish quvvatiga ega bo‘lgan yagona dvigatelli konfiguratsiya bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
“Kızılelma” – bu Ukraina yoki Turkiya dvigatellari bilan ishlaydigan reaktiv tovushdan tez tashuvchiga asoslangan dron.
Uchuvchisiz samolyotning ikkita versiyasi mavjud – "Motor Sich" AI-25TLT dan ukrainalik dvigatelli MIUS A. U tovushdan tez tezlikka ega bo‘ladi. MIUS B varianti ham Ivchenko-Progressdan Ukrainaning AI-322F, ham turkiyalik TEI TF-6000 bilan jihozlanishi mumkin. Ikkala dvigatel ham tovushdan yuqori tezlikni ta’minlaydi.
“Kızılelma” dronining e’lon qilingan xususiyatlari:
• ish balandligi – 12 km;
• uchish og‘irligi – 5500 kg;
• foydali yuk – 1500 kg;
• o‘q-dorilar uchun yuk ko‘tarish qobiliyati – 1000 kg.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil avgust oyi oxirida “Baykar” kompaniyasi “Kızılelma” zarba beruvchi uchuvchisiz havo vositalarining ikkinchi prototipini yig‘ishni yakunladi. Dron loyihasi 2021 yil 4 avgustda taqdim etilgandi.
Ma’lumot uchun, Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlari 2019 yil iyun oyida Liviyada, 2020 yil martda Suriyada, 2020 yil iyun oyida Tog‘li Qorabog‘ urushida qo‘llanilgandi. Fevral oyi oxiri, mart oyi boshlarida Rossiya hujumi ostida qolgan Ukraina ham ushbu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalandi.
“Baykar” kompaniyasiga Turkiya Prezidentining kenja kuyovi Selchuk Bayroqdor va uning oilasi tomonidan asos solingan. Dronlarning asosiy muallifi sifatida Selchuk Bayroqdor ko‘riladi.
LiveBarchasi