Erdo‘g‘an global xavfsizlik arxitekturasini qayta qurishga chaqirdi
Olam
−
13 Oktabr 2022
3153Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an jahon xavfsizlik tizimi arxitekturasini yangidan ishlab chiqish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya yetakchisi bugun, 13 oktyabr kuni Ostonada o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Insoniyat kuchlar muvozanati o‘zgargan va ta’minot zanjirlari uzilgan davrni boshdan kechirmoqda. Biz iqtisodiyotdan tortib oziq-ovqat xavfsizligigacha, energetikadan tortib xalqaro munosabatlargacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda katta muammolarga duch kelmoqdamiz", deydi Turkiya Prezidenti.
Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashining doimiy besh a’zosiga ishora qilib, “Dunyo beshdan buyuk” ekanini yana bir bor ta’kidlagan.
“Biz global xavfsizlik arxitekturasini yanada adolatli va teng huquqli bo‘lgan yangi tushuncha asosida qayta ishlab chiqish kerak, deb hisoblaymiz”, deydi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya so‘nggi yillarda dunyo BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy besh a’zosidan katta ekanini doimiy ravishda takrorlab kelmoqda.
LiveBarchasi