Erdo‘g‘an g‘alabaga yaqin turibdi
Olam
−
28 may 2023
7015Bugun, 28 may kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining 2-turining natijalari e’lon qilindi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.
Aytilishicha, hozirga qadar umumiy saylov uchastkalaridagi 97,7 foiz saylov qutilari ochilgan. Unga ko‘ra, amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an hozirda 52,1 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Uning raqibi Qilichdoro‘g‘li to‘plagan ovozlar hozircha 47,8 foizni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, bugun, 28 may kuni keyingi 5 yil muddatda Turkiyani boshqaradigan kishini tanlash uchun butun mamlakat bo‘ylab 191 ming 885 ta saylov qutisi o‘rnatildi. Fuqorolar soat 8:00 dan ovoz berishni boshladi va soat 17:00da saylov tugadi.
LiveBarchasi