Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda Yevrokomissiya raisiga o‘rindiq berilmadi
Olam
−
08 aprel 2021
10723Yevropa Komissiyasi rahbari Ursule fon der Lyayenga Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuvda stul etishmadi. Bu haqda “The Washington Post” xabar bermoqda.
Internetda aylanayotgan videoda siyosatchilar zalga kirayotgani, so‘ng Erdo‘g‘an va Mishel bayroqlar fonida zarhal stullarga o‘tirgani, fon der Lyayen esa tik turgani aks etgan.
Natijada, fon der Lyayen diplomatik protokolda pastroq o‘zidan maqomga ega bo‘lgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining qarshisidagi divanga o‘tirgan.
Yashillar fraksiyasidagi Yevropa Parlamentining a’zosi Sergey Lagodinskiy ushbu voqea videosini Twitter’ga joylashtirdi.
“Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar bunday bo‘lmasligi kerak”, deb yozadi u.
Yana bir parlament a’zosi Sofi in't Veld bu holat tasodif emas, balki atayin qilingan deb taxmin qildi.
LiveBarchasi