“AQSH yordam bermasa, Isroil hujumi ham to‘xtaydi”. Erdo‘g‘an Bayden bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Olam

image

Kecha, 14 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatlashdi, unda tomonlar Shvetsiyani NATOga qabul qilish jarayoni va kelgusidagi aloqalarni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

"Prezident Jo Bayden Turkiya Prezidenti Toyib Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdi. Ular NATOni mustahkamlash, jumladan Shvetsiyani tezda ittifoqchi sifatida qabul qilish va Turkiyaning NATO tuzilmalariga integratsiyalashuv darajasini yanada oshirish muhimligini muhokama qildi, shuningdek, 2024 yil iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti oldidan yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, yetakchilar Yaqin Sharqdagi vaziyatni, jumladan, G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishini oshirish va tinch aholini himoya qilish choralarini, shuningdek, falastinliklar uchun ehtimoliy siyosiy istiqbollarni muhokama qilgan.

“Anadolu”ning yozishicha, Erdo‘g‘an Baydenga AQSHning Isroilga so‘zsiz ko‘magini olib qo‘yishi tezda o‘t ochishni to‘xtatishga olib kelishi mumkinligini aytgan.

Shuningdek, Turkiya rahbari Bayden bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mintaqada doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash AQSHning tarixiy mas’uliyati ekanini eslatgan.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an AQSH Prezidentiga Isroil hujumlarining chuqurlashishi va cho‘zilishi salbiy mintaqaviy va global oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab, Turkiya tomonidan taklif qilingan kafillik mexanizmini yaratish, bu va’dalarni bajarish va mustaqil 1967 yil chegaralari ichida poytaxti Quddusda bo‘lgan suveren, hududiy integratsiyalashgan Falastin davlatini yaratish eng oqilona va doimiy yechim ekanini ta’kidladi. 

Suhbat chog‘ida Prezidentlar F-16 ta’minoti masalasini ham ko‘rib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing