Erdo‘g‘an “arvoh-shahar” ochilganini e’lon qildi
Olam
−
21 iyul 2021
9328Tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi oyoqqa turib, raqamli davrga kirmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Lefkosha tumaniga tashrifi davomida ma’lum qildi.
Turkiya yetakchisi “arvoh-shahar” Marash ochilgani haqida ham aytib o‘tgan.
“Marash shahri xalqaro huquq doirasida, hech kimning huquqlariga ziyon yetkazmasdan ochilyapti va eski ajoyib vaqtlarga qaytadi”, degan Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Marashda mintaqaning jonlanishiga olib keladigan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Shunday loyihalardan biri – suv havzasi bo‘lgan park choy bog‘chasi sifatida foydalanishga topshirilgan. Uning asl me’morchiligi ham saqlab qolingan.
Ma’lumot uchun, Kipr shimolidagi Marash shahri 46 yil davomida yopiq bo‘lgan. BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga ko‘ra, shaharga odamlarning ko‘chib kirishi taqiqlab qo‘yilgan. Shaharga kirish 1974 yilda Turkiya Kipr orolida operatsiya o‘tkazishi ortidan taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 19 iyul kuni rasmiy tashrif bilan tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga borgandi.
Turkiya rahbarining ikki kunlik tashrifi tan olinmagan SHKTRning rahbari Ersin Tatarning taklifiga binoan tashkil etildi.
LiveBarchasi