Erdo‘g‘an 2014 yilda Ukrainadagi urushning oldini olish mumkin bo‘lganini aytdi

Olam

image

Agar 2014 yil Rossiya Qrimni bosib olgan vaqtida jahon hamjamiyatining munosabati qattiqroq bo‘lganida, Ukraina hududidagi hozirgi urushning oldini olish mumkin edi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Antaliya diplomatik forumi”ning ochilish marosimida ta’kidladi.

“Agar butun G‘arb va butun dunyo 2014 yilda Qrim bosqiniga qarshi ovozini baland ko‘targanida, biz bugungi manzaraga duch kelarmidik?! Afsuski, xalqaro hamjamiyat bu adolatsizlikni bartaraf etish uchun zaruriy sezgirlikni aniqlamadi va kerakli yordam ko‘rsatmadi”, deydi Erdo‘g‘an.

Turkiya Prezidentining fikricha, agar o‘sha vaqtda diplomatiya vositalaridan qat’iyroq va samaraliroq foydalanilganda, Ukrainadagi mavjud vaziyatning oldini olish mumkin edi.

“Bugun biz diplomatiya yo‘li bilan hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolarning halokatli va alamli oqibatlariga duch kelyapmiz. Ayniqsa, tinch aholining o‘z uylarini tark etayotganini, ko‘zlari qo‘rquv va xavotirga to‘la bolalarni, vayronaga aylangan shaharlar-u, begunoh odamlarning nobud bo‘layotganini ko‘rib, qayg‘ularimiz tobora kuchaymoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing