Erdo‘g‘an 2 yil ichida Markaziy bankning uchinchi rahbarini ishdan bo‘shatdi

Olam 3708
image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat Markaziy banki rahbarini yana ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sobiq Moliya vaziri Naji Agbal lavozimini tark etgan. U regulyator asosiy stavkani 17 foizdan 19 foizgacha ko‘targanidan ikki kun o‘tgach ishdan bo‘shatilgan. Turkiya Markaziy bankiga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya darajasi 15,61 foizga yetgan. Inflyatsiya nazorat ostiga olinmaguncha, qattiq pul-kredit siyosati davom etadi.

Erdo‘g‘an Agbal o‘rniga Turkiya Markaziy banki raisi lavozimiga bank professori va hukumatga yaqin “Yangi Safak” gazetasi sharhlovchisi Sahap Kavtsio‘g‘lini tayinlagan. O‘z lavozimidan oldin u asosiy stavkaning ko‘tarilishini tanqid qilgan va Erdo‘g‘anning inflyatsiya ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin, degan nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, dunyodagi aksariyat markaziy bankirlar va iqtisodchilar, aksincha hisoblagan va inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lishi uchun foiz stavkalarini oshirishni yoqlagan.

Katsio‘g‘lu Markaziy bankning so‘nggi ikki yil ichidagi to‘rtinchi rahbari bo‘ladi. 2019 yilning iyulida Erdo‘g‘an Murat Chetinkayni ushbu lavozimdan ozod qilgandi. Keyinchalik Prezident bir necha iqtisodiy uchrashuvlar davomida o‘z qarorini Markaziy bank rahbari bilan stavkalarni pasaytirish zarurligi to‘g‘risida gaplashgani bilan izohladi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 120
Reyting: 3
t
×