Epidemik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin – Nurmat Otabekov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashishi xavfi saqlanib qolyapti. Bu haqda bugun, 14 noyabr kuni Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov brifing vaqtida aytib o‘tdi.

Otabekov Respublikada koronavirus bo‘yicha vaziyatning yana murakkablashish ehtimoli qanday, degan savolga quyidagicha javob bergan:

“Albatta bu ehtimol yo‘q emas. Men mutaxassis sifatida hozirgi holatni “Aldamchi barqarorlik, aldamchi osoyishtalik” deb baholagan bo‘lardim. Demak, biz hushyor bo‘lishimiz kerak. Agar salomatligimizga befarq bo‘lmasak, kasallikning biron-bir klinik belgilarini sezgan zahoti tibbiyot xodimlariga murojaat qilsak, o‘zboshimcha davolanishga urinmasak, uy sharoitida davolanish va karantinda bo‘lish qoidalariga rioya qilsak, u holda vaziyatni barqaror ushlab turishimiz mumkin.

Aks holda epidemik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Kuz-qish payti virusli, respirator kasalliklarning mavsumiy ko‘tarilish davri xisoblanadi. Bu esa zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirish kerak deb o‘ylayman”, deydi mutaxassis.

Nurmat Otabekov koronavirus avj olgan vaqtda ehtiyoj sabab barpo qilingan bemorlarni saralash markazlari taqdiriga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Hech bir qilingan ish va tayyorgarlik besamar ketmaydi. Vaziyat to‘liq barqarorlashgandan keyin esa bu kabi muassasalardan maqsadli foydalanish bo‘yicha bir to‘xtamga kelinadi. Hozir esa aholimiz kerakli yordamni, kerakli darajada olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan va bundan xalqimiz albatta manfaat ko‘radi”, dedi Otabekov.


Maqola muallifi

Teglar

Nurmat Otabekv

Baholaganlar

1690

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar