Entoni Joshua chempionlik kamarini himoya qila olmadi 

Sport

image

Professional boksning WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Entoni Joshua Nyu-Yorkdagi "Medison skver garden" arenasida meksikalik Endi Ruisga qarshi jang o‘tkazdi. 

Britaniyalik bokschi kutilmaganda Endi Ruisga imkoniyatni boy berib, barcha titullaridan mahrum bo‘ldi. 

O‘n ikki raundlik jangning 7-raundida bir necha bor nokdaunga uchragan Entoni Joshua alamli mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Unga texnik nokaut yozildi. 

Teng kurashlar ostida kechgan jangning dastlabki uchta raundida britaniyalik bokschining qo‘li baland kelayotgandi, hatto uchinchi raundda meksikalik bokschi nokdaun holatiga ham tushib qoldi. Barcha Entoni Joshuaning navbatdagi g‘alabasi haqida o‘ylayotgan bir paytda kutilmaganda u ikki bor kuchli zarbalarni qabul qilib oldi va ketma-ket nokdaunga uchradi. 

Raqibidan ayovsiz zarbalarni qabul qilib olgan Entoni Joshua 7-raundga kelib ikki marta ringda quladi. Hech kim kutmagan natija yuz berdi. U o‘zini o‘nglay olmadi va referi jangni to‘xtatdi. 21 asrda sayyoramizning tengsiz bokschisi deya e’tirof etib kelinayotgan britaniyalik bokschi ring dahshatlari qarshisida tiz cho‘ktirildi. 

Ma’lumot uchun Entoni Joshua bundan oldin 2018 yilda rossiyalik Aleksandr Povetkin, avvalroq esa ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi ringga ko‘tarilib raqiblarini nokautga uchratgandi. 

Meksikalik bokschi esa birato‘la to‘rtta vazn toifasida chempionlik kamariga ega bo‘ldi.

Hozircha Entoni Joshuaning murabbiylar shtabi revansh jangi haqida OAVga hech qanday tarqatmagan. Katta ehtimol bilan revansh jangi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing