Eng yuqori ball to‘plagan 200 abituriyent uchun Prezident granti joriy etildi
Jamiyat
−
06 iyul 2021
40792021/2022 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan kvota bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi;
- Prezident grantiga da’vogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
- Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da’vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi;
- o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi;
- o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
LiveBarchasi