“Eng tajribali diplomat”. Ukraina vaziri dushman tomonni maqtadi
Olam
−
18 mart 2022 33105 1 daqiqa
“Lavrov nihoyatda tajribali diplomat, menimcha, u bugungi kunda dunyoda shu lavozimida eng uzoq vaqt ishlagan. Men u bilan gaplashishga tayyorman, u bilan jiddiy, mazmunli suhbat qurishga tayyorman. Lekin bu barcha ommaviy hikoyalar muzokaralar xonasidan tashqarida qolishi kerak. Shunda biz natijalarga erishishimiz mumkin”, degan Kuleba “Ukrainskaya pravda”ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 mart kuni Turkiya vositachiligida Lavrov va Kuleba o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Ukrainaga hujum boshlagandan so‘ng, fevral oyi oxirida Belarusda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina muzokaralarning uchta raundi bo‘lib o‘tdi. Endilikda ushbu formatdagi muzokaralar har kuni videoaloqa orqali olib borilmoqda.
Live
Barchasi