Eng serdaromad sportchilar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Irlandiyalik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi Konor Makgregor “Forbes” jurnaliga ko‘ra, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisiga aylandi. Reyting jurnal saytida e’lon qilingan.

So‘nggi 12 oyda 32 yoshli irlandiyalik 180 mln dollar ishlab topgan. Bu daromadning asosiy qismini Makgregor viski ishlab chiqaruvchi kompaniya aksiyalarini sotish orqali qo‘lga kiritgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni so‘nggi 12 oyda 130 mln dollar ishlab topgan “Barselona” klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi egalladi. Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 120 mln dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Top-10 talikka Milliy futbol ligasida faoliyat yurituvchi Dak Perskott (107,5 mln dollar), basketbolchi Lebron Jeyms (96,5 mln dollar), futbolchi Neymar (95 mln dollar), tennischi Rojer Federer (90 mln dollar), “Formula-1” ishtirokchisi Lyuis Xemilton (82 mln dollar), amerikacha futbol o‘yinchisi Tom Bredi (76 mln dollar) va basketbolchi Kevin Dyurant (75 mln dollar) kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing