Eng mashhur ichimliklardan biri — qahvaning foyda va zararlari haqida nimalarni bilasiz? 

Foydali

image

Qahvani hech ikkilanishsiz dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri deb aytish mumkin. U qator foydali jihatlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, zararli tomonlari ham yo‘q emas. Quyida qahvaning foyda va zararlari haqida so‘z yuritamiz. 

Qahva tarkibida organizmdagi keksayishga yordam beradigan erkin radikallarni chiqarib tashlovchi antioksidantlar mavjud. Kofe antioksidantlari saraton kasalligi, ayrim yurak kasalliklari, har ikkala diabet turi va Parkinson kasalligi bilan kurashishda yordam beradi. 

Haqiqiy tabiiy qahva yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish ehtimolini kamaytirishi, ovqat hazm qilish traktining faoliyatini rag‘batlantirishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud. Uning tarkibidagi kofein butun vujudga, xususan, yurakka rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu qahva ichgandan keyin pulsning yaxshiroq eshitilishi bilan tasdiqlanadi. 

Qahva bosh og‘rig‘ini kamaytiradi yoki butunlay qoldiradi, chunki u miyaning qon tomirlarini kengaytiradi. Miyada qon aylanishini yaxshilaydi. 

Biroq, tabiiy qahva eriydigan qahvaga qaraganda ancha foydali bo‘lishiga qaramay, uni ko‘p iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiq. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tabiiy qahvani kuniga 1-2 stakan ichish mumkin. Xo‘sh, bunday cheklovlarga sabab nima? 

Kofein miqdori yuqori bo‘lgan qahva qon bosimini, yurak urishini kuchaytiradi va uyquni buzadi. Undagi tetiklantiruvchi effekt ham salbiy xarakterga ega: qahva ichilganidan bir soat o‘tgach, ish samaradorligini oshiradi, yana bir soatdan keyin uyquchanlik paydo qiladi. 

Shuningdek, qahvani homilador va emizikli ayollar iste’mol qilmasligi kerak. Kofein homilador ayollarning qonida to‘planib, platsentaga kirib boradi va ona sutidagi temir va boshqa mineral elementlarning miqdori kamayishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

294

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing