Talaba kontraktini to‘lashda eng saxiy hokimliklar ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Talabaga madad” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning kontraktini to‘lab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng faol hokimliklar reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimligi eng ko‘p talabaga moddiy ko‘mak ko‘rsatgan (242 nafar talaba — 662,7 million so‘m). Eng ko‘p kontrakt miqdorini esa Navoiy shahri hokimligi to‘lagan (176 nafar talabaga — 807,2 million so‘m).

“Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tizimni tushunib, yoshlar bilan ishlashga harakat qilib, ularning muammolarini tinglagani, talabalarga ilm olishida ko‘mak bergani uchun ushbu hokimliklarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bu tizimni yana-da takomillashtirish ustida ishlayapmiz, jarayon hali davom etadi”, deya qayd etgan Alisher Sadullayev. 

Shuningdek, agentlik direktorining ma’lum qilishicha, Respublika bo‘yicha 6 ta tumanda loyiha doirasida murojaat qilgan talabalarning birortasiga kontrakt pullari to‘lab berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing