Eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
7104O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar orqali eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan oliy ta’lim muassasalari nomi ma’lum bo‘ldi. Reytingni bugun, 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar bo‘lgan.
OTMlar esa Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti mablag‘ ishlab topmagan deb topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar 34 mlrd 756 mln 2 ming so‘mni, davlat grantlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar 94 mlrd 422 mln 9 ming so‘mni, xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari mablag‘lari 64 mlrd 102 mln 8 ming so‘mni tashkil qilgan.
LiveBarchasi