Eng xavfli asteroidlardan biri Yer bilan to‘qnashishi mumkin

Olam

image

NASA olimlari kelajakda Yerning Bennu asteroidi bilan to‘qnashishini taxmin qilmoqda. Bu haqda NASA xabar berdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ilgari mazkur asteroidning Yerga urilishi har 2700 yilda sodir bo‘ladi deb baholangan bo‘lsa, hozir bu davr 1750 yilgacha qisqargan. 

Olimlar to‘qnashuvning taxminiy sanasini 2184 yil 24 sentyabr deb belgilagan. Ta’kidlanishicha, diametri besh yuz metrga yaqin bo‘lgan ushbu Bennu asteroidi katta halokatni yuzaga keltirishi mumkin. Sababi u tushgan joydagi portlash kuchi 1,1 milliard tonnaga teng bo‘ladi.

“Uning Yer bilan to‘qnashuvi ehtimoli juda kichik bo‘lsa ham, Bennu Quyosh tizimida bizning sayyoramiz uchun eng xavfli ikki asteroiddan biri bo‘lib qolmoqda”, deydi NASA mutaxassislari. 

Dastlabki hisob-kitoblarga, ko‘ra asteroid 2135 yilda ham Yer sayyorasiga yaqinlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar yashash mumkin bo‘lgan ekzosayyora topgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, olimlar L 98-59 yulduzi atrofida aylanadigan beshta sayyorani kashf etgan. Tadqiqotga ko‘ra, uchta sayyorada suv topilgan, yulduzga eng yaqin bo‘lgan ikkita sayyora toshli va qurg‘oqchil ekani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1026

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing