Eng kam pensiya va nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda minimal pensiya va nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 4 iyun kuni imzolangan “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Hujjatga muvofiq, joriy yil 1 iyuldan boshlab:

  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov (keyingi o‘rinlarda — qo‘shimcha to‘lov) joriy etiladi. Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 ming so‘mga yetkaziladi;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 ming so‘mga yetkaziladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik:

  • pensiya oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi;
  • pensiya oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;
  • nafaqa oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori 400 ming so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 150 ming so‘mdan qo‘shilishi belgilanadi;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 ming so‘mga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 1 iyulidan pensiya va nafaqalarning minimal miqdori oshirilishi g‘aqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

399

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing