Eng arzon va qimmat go‘sht qayerda sotilayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 avgust 2021
8508O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida 25 avgust holatiga ko‘ra, go‘sht 45 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mtasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan. U yerda aholi 45 000 so‘mga 1 kg go‘sht xarid qila oladi. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan. Ushbu bozorlarda aholi 68 000 so‘m evaziga 1 kg go‘sht sotib olish mumkin.
Qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (52 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (80 000 so‘m) kuzatilgan.
Kartoshkaning minimal narxi Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da qayd etilgan (1 500 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 so‘m) ro‘yxatga olingan.
Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (800 so‘m), maksimal narx Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (3 000 so‘m).
Sabzining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (2 000 so‘m), maksimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da (10 000 so‘m) kuzatilgan.
Tuxumning minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da (14 000so‘m) kuzatilgan.
Guruchning minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” (“Nukus 2” navli guruch 5000 so‘m)da, maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).
O‘simlik yog‘ining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 14 000 so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 24 000 so‘m) aniqlangan.
Shakarning minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (7 500 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (9 000 so‘m) kuzatilgan.
LiveBarchasi