Energetika vazirligida tayinlov amalga oshirildi
Jamiyat
−
18 iyul 2022
14740Miromil Adiljanovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Saidov 1987 yil 22 aprelda tavallud topgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Ma’lumoti – oliy. 2009 yida Toshkent davlat texnika universiteti (kunduzgi), 2011 yilda Toshkent davlat texnika unnrersiteti (magistratura), 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura) yo‘nalishlarini tamomlagan.
Miromil Saidov bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.