Vodiy viloyatlarida elektr energiyasi uzilishi haqidagi gaplar rad etildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ta’mirlash ishlari sabab 9 fevralga o‘tar kechasi soat 00:00 dan 05:00 gacha elektr energiyasida uzilishlar kuzatilishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Energetika vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi. 

“Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini yanada oshirish maqsadida 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i hafta davomida, tunda ta’mirga chiqarilishi rejalashtirilgan.
 
Ushbu ishlar tunda soat 00:00 dan 04:00 gacha (4 soat muddatda) 70 metr balandlikda olib borilishini, bunda iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilish sezilmasligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli iste’molchilar, ushbu rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari yomg‘irli ob-havo bo‘lganligi sababli, 8-9 fevral kunlari amalga oshirilmaydi.  

Ta’mirlash ishlari amalga oshirilishidan avval iste’molchilar oldindan qo‘shimcha xabardor qilinadi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing