Energetika vazirligi haydovchilardan AI-80 benzinidan foydalanishni so‘radi

Jamiyat

image

Energetika vazirligi gaz shoxobchalardagi cheklovlar sabab haydovchilardan Ai-80 benzinidan foydalanib turishni so‘radi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda Farg‘ona vodiysiga gaz ta’minotini normallashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni yaqin vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, bugun, 27 yanvar kuni soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejmida ishlay boshladi. Ayni paytda Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi me’yori pastligi bois, ushbu viloyatlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.

“Avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va iloji bo‘lsa, zarur hollarda muqobil yoqilg‘i turi – AI-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini so‘raymiz”, deyildi.

Ertaga, 28 yanvardan boshlab respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1030

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing