Energetika tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi
Jamiyat
−
19 noyabr 2020
7032O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Energetika tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Energetika tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) tasdiqlandi. Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasiga Qoidalarga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Ushbu Qoidalar energetika tashkilotlarining elektr stansiyalari va kichik stansiyalaridagi texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish sharoitlari inobatga olingan holda ularda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan talablarni belgilaydi.
Ushbu Qoidalarning talablari energetika tashkilotlari, shuningdek, ularning asosiy va yordamchi sexlari va inshootlarining texnologik uskunalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ta’mirlovchi (rekonstruksiya qiluvchi), sozlovchi va sinovchi, sozlash, qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarning barcha boshqaruv xodimlari, ishlab chiqarish xodimlari, texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tarkibiga kiruvchi muhandis-texnik xodimlari, ishchi va xizmatchilari uchun majburiydir.
Qoidalarda tashkilotlar rahbarlari:
• barcha muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va ishchilar tomonidan ushbu Qoidalarning o‘rganilishi va bajarilishini tashkil qilishi;
• yong‘in-texnik komissiyani va ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishi;
• ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘lim va bo‘linmalari hamda ularga tegishli yong‘in-qutqaruv qismlarini, shuningdek, idoraviy yong‘indan saqlash xizmatini tegishli xizmat, maishiy va yordamchi binolar, kerakli yong‘in o‘chirish texnikasi bilan ta’minlashi va boshqalarni amalga oshirishi shartligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Qoidalarda:
• xodimlarni tayyorlashni tashkil etishning asosiy talablari;
• yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy hujjatlar;
• texnologik uskunalarni ta’mirlashda va rekonstruksiya qilishda yong‘in xavfsizligi;
• texnologik uskunalarni ta’mirlashda va rekonstruksiya qilishda yong‘in xavfsizligi;
• payvandlash va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan boshqa ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligi;
• yong‘inni o‘chirish ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari;
• yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning harakati;
• yong‘inga qarshi suv ta’minoti va yong‘inni o‘chirish vositalari hamda boshqalar bayon qilingan.
LiveBarchasi