Energetik ichimliklarni taqiqlovchi qonun loyihasi ma’qullandi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari energetik ichimliklarni taqiqlovchi qonun loyihasining konsepsiyasini ma’qulladi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi. 

Ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida “Qirg‘iziston Respublikasi hududiga energetik ichimliklarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan.

Taqiq tashabbuskori Jogorku Kenesh deputati Ulan Bakasovning ta’kidlashicha, qonun loyihasi fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va energetik ichimliklarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan.

Uning aytishicha, energetik ichimlik tarkibida uch stakan kofe va 14 osh qoshiq shakar mavjud.

Ijtimoiy siyosat qo‘mitasi raisi Vinera Raimbachayeva esa o‘zining tibbiy amaliyotida energetik ichimliklar ichish natijasida yurak xastaligi holatlariga ko‘p guvoh bo‘lganini bildirgan. U ayni paytda qandli diabet bilan kasallangan bolalarning ham ko‘pligiga ishora qilgan.

Muhokama yakunlari bo‘yicha deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan.


Maqola muallifi

Teglar

Energetik ichimliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar