Endilikda UZTELECOM mobil aloqasiga onlayn ulanishingiz mumkin!

Biznes

image

Uy yoki ofisdan chiqmasdan UZTELECOM GSM'ga ulanishmi? Bu oson! Kompaniya saytidagi yangi masofaviy ulanish imkoniyati orqali UZTELECOM GSM tarmog‘i abonentiga aylaning. Milliy operatorga ulaning, o‘zingizga yoqqan raqamlarni tanlang, kerak bo‘lsa, onlayn tarzda muddatli to‘lovni rasmiylashtiring!

UZTELECOM GSM tarmog‘iga ikkita texnologiyadan birini tanlash orqali ulanishingiz mumkin: ilg‘or eSIM texnologiyasi yoki an’anaviy SIM texnologiyasi.

SIM/eSIM texnologiyasi orqali tarmoqqa ulanish uchun UZTELECOM'ning www.uztelecom.uz saytiga kirib, kompaniya xizmatlari uchun onlayn ariza bo‘limida (Mobil aloqa) ariza topshirishingiz kerak. U yerda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport/ID-karta/haydovchilik guvohnomasi) va boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni yuklash orqali o‘zingizga yoqqan raqam va tarif rejasini tanlashingiz mumkin. Sizda muddatli to‘lov chiroyli xonalarni tanlash imkoniyati ham mavjud. Agar siz ushbu variantni tanlagan bo‘lsangiz, ko‘rsatilgan bo‘limda oyma-oy to‘lov va xizmat muddati haqida ma’lumot olasiz.

Ariza qabul qilingandan so‘ng, operator sizning aloqa raqamingizga qo‘ng‘iroq qiladi va raqam uchun to‘lovni amalga oshirish zarurligi haqida xabar beradi.

To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, operator SIM/eSIM kartani siz qoldirgan manzilga yetkazib berish uchun kurerga topshiradi. U sizni tashrifi haqida oldindan xabardor qiladi va nafaqat SIM/eSIM kartani, balki ilova qilingan hujjatlarni ham olib keladi. Buyurtmani qabul qilish uchun siz shaxsingizni tasdiqlashingiz va shartnomani imzolashingiz kerak bo‘ladi.

UZTELECOM'ning yangi imkoniyatlari orqali endi siz orzu qilgan raqamni olish uchun ofislarda navbatda turishingiz yoki yo‘lda vaqt o‘tkazishingiz shart emas. Kompaniya saytida yuqoridagi amallarni bajarib, UZTELECOM abonentiga aylaning.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

MyUZTELECOM: AppStore | Google Play

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Texnik qo‘llab-quvvatlash

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing