Endilikda Prezident maktablari rivojlanishiga elchilar ham mas’ul bo‘ladi

Jamiyat

image

Bugun, 10 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, Prezident maktablariga ustuvor ravishda investitsion va innovatsion yo‘nalishlarni joriy qilish bo‘yicha yangi tizim tashkil etiladi.

Ma’lum qilinishicha, elchilar bilan birgalikda Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Tashqi ishlar vazirligi ham Prezident maktablari faoliyati uchun mas’ul bo‘ladi.

Ular xorijdan o‘quv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlar jalb qilish bo‘yicha Prezident o‘quv muassasalari agentligi bilan birgalikda yil yakuniga qadar har bir maktab uchun aniq natija ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing