Endi “zagranpasport” pochta orqali yetkazib beriladi
Jamiyat
−
05 noyabr 2024 4721 1 daqiqa
Endilikda xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda kecha, 4 noyabr kuni qabul qilingan Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;
- xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;
- voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.
Ma’lumot uchun, fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin.
Live
Barchasi