Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada uzoqroq “propiska”siz yurishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari endi Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 15 kun davomida yashashi mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan “Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi bir davlat fuqarolarini boshqa davlatga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida majburiy ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunda begilangan.

Bitim 2021 yil 21 mayda Moskvada va 2021 yil 17 iyunda Toshkentda imzolangan. Unda bir tomon davlati fuqarolari boshqa tomon davlati hududida vaqtincha istiqomat qiluvchi fuqarolarni kirgan kundan boshlab 15 kun ichida qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish) majburiyatidan ozod etish nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, kelishuvning amalga oshirilishi O‘zbekistondan Rossiya hududiga kelayotganlar sonining ko‘payishiga olib kelmaydi, ayni paytda bunday chora ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xuddi shunday kirish tartibi hozirda Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.

Ma’lumot uchun, avvalgi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari yetti kun ichida, O‘zbekistondagi rossiyaliklar esa uch kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

526

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing