Endi O‘zbekistonda nodir kitoblarni telefonda o‘qish mumkin

Jamiyat

image

Nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlash, ularni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy qilish, bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, tarixiy xujjatlar va nodir nashrlarning elektron fondini shakllantirish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining dolzarb vazifalardan etib belgilangan.

Fondning elektron resurslar saqlanishi, to‘liqligi va butligini ta’minlash, foydalanuvchilarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish, axborot-kutubxona resurslari elektron katalogini hamda yagona elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, «Nodir nashrlar va qo‘lyozmalar» ma’lumotlar bazasi dasturiga nodir nashrlar katalogi va asarning to‘liq matni kiritilgan. Olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar mazkur dastur yordamida o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha sharhlar, sohaviy maqolalarni  joylashtirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, www.nodir.natlib.uz onlayn tizimida qo‘lyozmalar, nodir kitob, albom, gazetalar katalogi hamda to‘liq matni bilan tanishish mumkin.

Hozirda bazaga 1855 ta kitob, 118 ta qo‘lyozma, 22 ta albom, 2670 vaqtli matbuot nashri kiritilgan bo‘lib, bu ishlar tizimli davom etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing