Endi uyi “snos”ga tushgan fuqarolarga yer berilmaydi — Davletov

Jamiyat

Bundan buyon uyi “snos”ga tushgan fuqarolarga faqatgina uning ko‘chmas mulkiga teng qiymatda pul mablag‘i beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bugun, 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Uyi “snos”ga tushgan fuqarolarga yer berish masalasida shunday bir tartib o‘rnatilyaptiki, uyining o‘rniga yer emas, yer sotib olish uchun yetadigan pul beriladi. Suiiste’mollik bo‘lmasligi uchun mana shu tartib joriy qilinyapti”, dedi Davletov.

Adliya vaziri uyi buzilishga tushgan fuqarolarga yer ajratish vaqtida ko‘plab qonun buzilish holatlari kuzatilganini xam ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, uyi buzilmagan fuqarolar ham yer olish holatlari kuzatilgan.

“Aslida uyi buzilmagan, lekin “uyim buzilgan”, deb juda katta hududlarni olgan fuqarolar bilan bog‘liq holatlar ham kuzatildi. Masalan, katta massiv bo‘ladi, borib qarasangiz 30 foiz yeri rostan buzilgan, oldingi uyining kadastri bor. 70 foizida oldin uyi bo‘lmagan ham, buzilmagan ham. Ya’ni uyim buzildi, deb yer olyapti. Mana shu vaziyatda ham juda katta suiiste’mollik bor. Bunga chek qo‘yish maqsadida davlat subsidiya berish orqali aholi ehtiyojini yopadi. Yer bu– xalqning boyligi”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, kecha 8 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida endi yerlar elektron autsion orqali xususiy mulk qilib sotilishi, ishsiz aholiga qishloq xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilinishi haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing